Главная » Sherali Jo‘rayev: Biz kabi san’atkorlarga keng yo‘l ochib berayotgani uchun Shavkat Mirziyoyevdan minnatdorman
(

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning fikricha, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlagan ezgu ishlarni davom ettira oladi. Bu haqda xonanda “Darakchi” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Sherali Jo‘rayev intervyu davomida 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida aynan Shavkat Mirziyoyevga ovoz berganini ta’kidlab o‘tdi.

Mavzuga doir: Shou-biznes vakillari O‘zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etmoqda
Farzandlarim bilan birga saylov uchastkasiga borib, Islom Karimovning buyuk ishlarini davom ettirishga qodir bo‘lgan, u kishi bilan uzoq yillar yelkama-yelka ishlagan, fidoyi, xalqparvar inson Shavkat Mirziyoyevga ovoz berdik. Shavkat Miromonovich el-yurt manfaati uchun o‘z huzur-halovatidan voz kechgan, hamisha xalqning yonini olib, halol mehnatkashga qalqon bo‘lib kelayotgan aqlli, tadbirkor rahbar.

Men u kishini deputatlik paytidan beri bilaman. Ish vaqtining salmoqli qismi dalada, qo‘li qadoq dehqonning yonida o‘tganidan ham xabardorman. Undan boshqa yana kimga ovoz berishim mumkin? Buyuk Yo‘lboshchimiz boshlagan ezgu ishlarni faqat shu inson muvaffaqiyat bilan davom ettirishiga, Vatanimiz tinchligi va farovonligini saqlay olishiga ishonaman.

Sherali Jo‘rayev, O‘zbekiston xalq artisti

Ayni vaqtda, Sherali Jo‘rayev “san’atkorlarga keng yo‘l ochib berayotgani uchun” Shavkat Mirziyoyevga alohida minnatdorlik ham bildirgan.

Shu o‘rinda biz singari san’atkorlarga keng yo‘l ochib, katta imkoniyatlar yaratib berayotgan davlatimiz rahbariga o‘z nomimdan, shu bilan birga, muxlislarimiz nomidan minnatdorligimni bildirib o‘tmoqchiman.

Sherali Jo‘rayev, O‘zbekiston xalq artisti
Просмотров (632)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar