Главная » Sherzod Bin: “ ‘San`atga qanday kirib kelgansiz?’ degan savol asabimni buzadi”
(

“Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo`nda” loyihasida ishtirok etgan aktyor Sherzod Bin fe`l-atvori, qiziqishlari va ijodidagi yangiliklar haqida so`zlab berdi. Aktyor yoqtirmagan savoli haqida shunday deydi:

“ ‘San`atga qanday kirib kelgansiz’ degan savolni eshitsam, jahlim chiqadi. Bunday paytlarda ‘Uydan chiqqanman-da, o`ng tomonimga qarab yurib kelaverganman’ deb javob beraman”.

“Oilamda ota-onam, aka-ukam, singlim bor. Shaxsiy hayotimga to`xtalsak, hali oila qurish niyatim yo`q. Hali bajarib olishim kerak bo`lgan, rejalashtirgan ishlarim ko`p”,— deydi aktyor qachon oila qurishiga aniqlik kiritar ekan.

“Qisqa va lo`nda” loyihasining to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mumkin.
Просмотров (63)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar