Главная » Shifokor: Umran Suriyadagi shunday ahvoldagi ko'plab bolalarning biri
(Suriyaning Halab shahridagi vayronalar ostidan olib chiqilgan 5 yoshli bolakay dunyo jamoatchiligi diqqat markazida turibdi.Qonga belangan, karaht ahvoldagi 5 yoshli Umran Daqnesh tez tibbiy yordam mashinasida o'tirgani tasvirlangan video va fotosurat internet bo'ylab tarqalib,



Suriyadagi urush ramziga aylanmoqda.Umran Daqneshga tibbiy yordam ko'rsatgan shifokor u yoshda ekani, uning boshi jiddiy jarohatlanganini tasdiqlagan.Bi-bi-si agentligining Newshour dasturi boshlovchisi JYeymi Kamurasami Umranga tibbiy yordam ko'rsatgan shifokor Abu Muhammadi bilan suhbatlashdi.Shifokor: Chorshanba kuni kechqurun Umran boshqa yaradorlar bilan birga bizning shifohonamizga keltirildi. U juda ham qo'rqib ketgan, lekin yig'lamayotgandi. U karaht ahvolda edi. Biz uning qo'llarini, yuzini yuvdik va boshini amaliyotga tayyorladik.
Jurnalist: Siz uning aynan qaYerda va qanday hodisa oqibatida jarohat olganidan habardormidingiz?
Sh.: U yashagan tuman havodan bombardimon qilingan.
M: Hozirda uning ahvoli qanday?
Sh.: Umranga 2 soatdan keyin, barcha zarur amaliyotlarni bajarganimizdan keyin shifohonadan javob beriladi. Uning omadi bor ekan, jarohat boshning tashqi qismida va miyada shikastlanish yo'q.
M: Uning ruhiy holati qay ahvolda? O'zingiz ham aytdingiz, biz ham videolarni ko'rdik, u shok holatiga tushgan va indamay qolgan. U ohir-oqibat gapirdimi?
Sh.: Yo'q, gapirmadi.
M: Aviazarba oqibatida uning oila a`zolaridan kimdir halok bo'lganmi?
Sh.: Buni men aniq bilamayman, lekin hamkasblarimning aytishicha, uning ota-onasi ham omon qolgan.
M: U oilasi bag'riga qaytadimi?
Sh.: Menimcha shunday.
M: Umranning qonga belangan va qotib qolgan qiyofasi butun dunyo e`tiborini o'ziga qaratdi. Lekin siz bunday bolalarni tez-tez ko'rib tursangiz kerak?
Sh.: Ha. Umuman olganda Umranning omadi kelgan, qolaversa u haqida butun dunyo bildi. Lekin bizga har kuni undanda ayanchli ahvoldagi bolalar, undanda ayanchli tarihi bor va og'ir jarohatli bolalar kelishadi. Ba`zi bolalarning hayotini saqlab qolishning imkoni bo'lmaydi, kimdir qo'lini yoki oyog'ini yo'qotadi. Kimdir ham qo'lidan, ham oyog'idan ayriladi.
M: Bu sizga va buni ko'rgan kishilarga qanday ta`sir ko'rsatadi?
Sh.: Mening o'zimda 4 nafar farzand bor. Shifohonaga olib kelingan bolalarning har birini o'z farzandim kabi qabul qilaman. Yurak larzaga keladi, lekin biz e`tiborni jamlab bu begunoh jabrdiydalarning hayotini saqlab qolish uchun tirishishimiz kerak. Umuman olganda, boshqalarni qutqarish istalgan kishining burchidir. Biz - doktorlar, tibbiyot hodimlari, jarrohlar so'raymiz: odamlarni bombalashni bas qiling. Biz huddi XXI asrdagi holokostga o'hshaydi.
Просмотров (88)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar