Главная » Shimoliy Koreyada bor-yo‘g‘i 28 ta sayt faoliyat yuritishi ma’lum bo‘ldi
(

Shimoliy Koreyaning asosiy DNS-serveridagi nosozlik tufayli mamlakatning .kp domen hududida nechta sayt ishlashi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Ularning barchasiga bir necha daqiqa ichidayoq kirib chiqishga ulgurish mumkin bo‘lib chiqdi — Shimoliy Koreyada atigi 28 ta sayt mavjud ekan.

Shimoliy Koreya domen hududi haqidagi ma’lumotlarni tadqiqotchi Mett Brayant qo‘lga kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, DNS-serverni tasodifan qayta sozlashgan, bunga tizim administratori xatolikka yo‘l qo‘ygani sabab bo‘lishi mumkin.

Mamlakat saytlarining katta qismi hukumatga tegishli yoki hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Biroq istisnolar ham bor, masalan xususiy “Facebook” — friend.com.kp, Air Koryo aviakompaniyasi sayti, Yahoo!’ning kloni — portal.net.kp, korfilm.com.kp videoresursi mavjud.

28 ta saytdan o‘nga yaqini ochilmadi, ko‘plari juda sekin yuklanadi. Ko‘pchilik resurslarning dizayni 90-yillarni eslatadi.
Просмотров (83)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar