Главная » Shoh Ruh Hon AQSh aeroportida ushlandi
(Bollivud yulduzi Shoh Ruh Hon Twitter tarmog'i orqali AQSh aeroportining immigratsion organlari tomonidan uchinchi marta ushlanib qolinayotganligiga nisbatan o'z noroziligini bildirdi.



50 yoshli hind aktyori 2012 yilda N'yu-York immigratsiya hizmati hodimlari tomonidan ushlanib qolgan, o'shanda uning hindistonlik muhlislari AQShni irqchilikda ayblashgandi. "Men dunyoda havfsizlik saqlanishi kerakligini yahshi tushunaman va buni hurmat qilaman, lekin har safar AQSh aeroportida ushlanib qolaverish juda jonga tegdi", - deb yozadi Hon o'z tvitterida. Honning ushlanib qolganligi haqida hind telekanallarida habar tarqalganidan keyin AQSh davlat kotibi yordamchisi Nisha Bisval sodir bo'lgan voqea yuzasidan tezda uzr so'radi. "Aeroportdagi tanglik uchun uzr so'raymiz, hattoki amerikalik diplomatlar ham bunday holatlarga duch kelishadi", - deb yozadi Bisval tvitterda. Vashington Honning ismi sharifi musulmoncha bo'lgani uchun ushlanib qolgani to'g'risidagi ma`lumotni inkor qildi.2012 yilgi voqeadan so'ng Hon bu borada hazillashib shunday degan:
"Ha, doim shunday bo'ladi...Har safar mag'rurligim tutsa, Amerikaga chipta olaman. Immigratsiya hizmati hodimlari yulduzdan yulduzni "tepib chiqarishga" usta bo'lishadi.2009 yilda ham huddi shunday voqea yuz bergan, o'shanda ham hind halqining noroziligidan so'ng AQSh tomon uzr so'ragan.
Просмотров (193)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar