Главная » Shohida Uzoqova: “Aktrisaning engiltakligini kechirib bo`lmaydi”
(Shohida Uzoqova, garchi san`at olamiga o`ttiz yoshida kirib kelgan bo`lsa-da, o`z iqtidori va san`atga bo`lgan muhabbati tufayli oz fursat ichida xalq mehrini qozondi. Tinimsiz mehnat va izlanishlari natijasida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist unvoniga sazovor bo`ldi. Aktrisa “Tasvir” jurnali bilan ko`ngil tubidagi gaplarini o`rtoqlashdi.



“Aktrisa el nazaridagi odam bo`lganidan hech qachon uning engilligini kechirib bo`lmaydi. O`zi shundoq ham san`atkor ayollarning tuprog`i engil bo`ladi. Uning ozgina xatosi ham boshqalarga fojia bo`lib tuyuladi. Ko`cha-ko`yda ketayotganimda, biror erkak bilan gaplashib qolsam, o`zimni chetga tortib, iymanib gaplashaman. Oddiy o`qituvchi ayol o`sha erkak bilan gaplashsa, odamlar buni noto`g`ri tushunmaydi, lekin bu ishni aktrisa qilsa, uni boshqacha qabul qilishadi. Aktrisa har taraflama ehtiyotkor bo`lishi lozim. U davralarda hammaning e`tiborida bo`ladi. Shunday kezlarda ham o`ziga ehtiyotkor va sergak bo`lishi shart”.
Просмотров (137)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar