Главная » Shohrux Xon Rossiyaning “Viy-3” filmida qatnashadi
(

Bollivudning eng mashhur yulduzlaridan biri Shohruh Xon “Viy-3” filmida ishtirok etadi. Bu haqda, film prodyuseri Aleksey Petruxinga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Viy-3’ sifatida mashhur ‘Hindistonga sayohat: mangulik ostonasida’ filmi loyihasi yangi hamkor — mashhur Shohruh Xonga ega bo‘ldi. U ham aktyor, ham prodyuser sifatida ishtirok etadi. Ishtirok etishi ilgariroq ma’lum bo‘lgan Ranvir Kapur ham filmda ishlashni davom etadi”, — ma’lum qildi Petruxin Mumbaida o‘tayotgan Rossiya kinosi kunlarida.

Rejissor Oleg Stepchenkoning mumtoz rus adibi Nikolay Gogolning “Viy” qissasi asosida suratga olingan shu nomli filmi 2014-yilda Rossiyaning eng kassabop kartinasi bo‘ldi. Shu bois uning davomini suratga olishga qaror qilindi. Ayni paytda filmning ikkinchi qismi — “Viy-2: Xitoyga sayohat” ustida ish davom etmoqda. Uchinchi film voqealari Hindistonda bo‘lib o‘tadi.
Просмотров (71)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar