Главная » Shvartseneggyer Klichkoning ikki yashar qiziga sigara taklif qildi
(Gollivud aktyori Arnold Shvartseneggyer ukrainalik bokschi Vladimir Klichkoning ikki yashar qiziga hazillashib sigara taklif qildi.



Klichko bu haqda tvittyerida ma'lum qildi. "Bu gal qizaloq kuba sigaralariga Hasta la vista dedi", deb aytdi Klichko "Tyerminator 2" filmida aytgan mashhur so'zlariga iqtibos keltirib. Eslatib o'tamiz, aktyor filmda "Hasta la vista, baby" degan iborani ishlatadi. Bu tarjima qilinganda "Ko'rishguncha, qizaloq" degan ma'noni byeradi, ya'ni "Hasta la vista" ispanchadan " Ko'rishguncha" deganini anglatadi. Aktyorning bu iborasi ommalashib ketgandi.Klichkoning qizi 2014 yilda to'g'ilgan bo'lib, uning ismi Kayya-Еvdokiya. Qizning onasi aktrisa va qo'shiqchi Xeyden Panettyer hisoblanadi.Avvalroq Panettyer Klichko bilan munosabatlariga barham byerayotgani haqidagi gaplarni inkor qilgandi. "Qo'lda uzuklarning yo'qligi munosabatlar yakunlanganini bildirmaydi", deb aytgandi aktrisa hamda Klichko va qizi bilan tushgan suratini chop etgandi. Panettyer ajoyib oilasi bilan bo'lish u uchun baxt ekanini aytgan.
Просмотров (123)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar