Главная » Sinoptiklar 11 yanvar kuni O`zbekistonning ba`zi joylarida qor yog`ishini bashorat qilishdi
(

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 11 yanvar kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun biroz yomg`ir yog`ib, qorga aylanishi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik bo`lib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`lib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda vaqti-vaqti bilan biroz yomg`ir yog`ib, tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qor yog`ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
Просмотров (241)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar