Главная » Sisilliya sohillariga dam olish kunlari 3400 muhojir kirib keldi
(Italiya sohillari qo`riqlash xizmati tomonidan 3400 nafar muhojir O`rtaer dengizida qutqarib olindi. Yil boshidan buyon Italiyaga dengiz kechib 155 ming kishi tashrif buyurgan, deya xabar beradi Euronews.



Immigrasiya masalalarida Italiya va Gresiya doimiy ravishda Evropa birdamligiga chaqiriladi. Yakshanba kuni Gresiya bosh vaziri Aleksis Sipras evropalik qo`shnilar Turkiya bilan kelishuvlariga o`zlari istamagan holda amal qilishayotganini ma`lum qildi:

“Evropa darhol bajarilishi kerak bo`lgan majburiyatlarga ega. Biz tomondan noqonuniy migrasiyani oldini olish borasida qo`ldan kelgan barcha harakatlar amalga oshirilmoqda. Ushbu harakatlar Gresiya va Turkiyadagi qochoqlarni oqilona ko`chirib o`tkazishni ko`zda tutadi. Afsuski, EI joylashtirishga va`da qilgan 33 ming nafar qochoqdan bor yo`g`i uch ming nafarini joylashtirdi”.

Shu bilan birga o`tgan haftada Evroittifoq Turkiyadagi 3 million nafar muhojirlarga moliyaviy yordam berishini ma`lum qildi. 348 mln evrolik maxsus jamg`armadan debet kartalarga oylik o`tkazmalarni amalga oshirish rejalashtirmoqda.
Просмотров (111)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar