Главная » Sotqin” filmi Qozog‘istondagi xalqaro kinofestivalda qatnashadi
(

O‘zbekistonlik rejissor Rustam Sa’diyevning “Sotqin” filmi Qozog‘istondagi “Yevrosiyo” kinofestivalida qatnashadi, deya xabar bermoqda “Kultura.uz”. U “Eng yaxshi Markaziy Osiyo filmi” nominatsiyasiga kiritiladi.
Festivalning tantanali yopilish marosimi 30-sentabr kuni Olmaotadagi Respublika saroyida bo‘lib o‘tadi.

Taniqli kinodramaturg Rixsivoy Muhammadjonov ssenariysi bo‘yicha Rustam Sa’diyev tomonidan suratga olingan kartina keng tanildi. Mutaxassislar va matbuot fikricha, bu o‘zbek kinematografistlari tomonidan so‘nggi vaqtlarda yaratilgan eng yaxshi asarlardan biridir, deb yozadi nashr.

Filmda yorqin rollarni Javohir Zokirov, Farrux Soipov, Matyoqub Matchonov, Ulug‘bek Qodirov, Yulduz Rajabova ijro etgan.

Kartina bitta oila misolida zaif xarakterli, mafkurasi shakllanmagan yoshlarning ekstremistik oqimlarga qo‘shilib qolishi qanday oqibatlarga olib kelishi ko‘rsatib berilgan.
Просмотров (137)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar