Главная » Sud o‘zbekistonlik qotil-enagaga navbatdagi hukmni tayinladi
(

O‘tgan yilning 24 noyabrida Moskva shahrida 4 yoshli qizni qasddan o‘ldirgan qotil-enaga Gulchehra Boboqulova qilgan jinoyati ustidan sud bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Sud Boboqulovani jazodan ozod etib, majburiy ravishda ruhiy davolanish uchun shifoxonaga yotqizilishi haqida hukm chiqargandi.

Prokuratura tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza natijalari uni ruhiy hasta ekanliginiisbotladi. Xoroshevsk tuman sudining bu hukmi kuchga kirib, o‘zbekistonlik bo‘lgan Gulchehra Boboqulova Rossiya Federatsiyasi hududidagi maxsus ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Sud qotil-enagani jazodan ozod etib davolanishga yuborishi haqidagi qarorini e’lon qilgach, marhum qizaloqning yaqinlaridan bu hukmga qarshi arizalar kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, sud Gulchehra Boboqulovani yosh bolani o‘ldirganlikda, birovning mol-mulkini yoqish orqali yo‘q qilganlikda va portlash haqida yolg‘on xabar berganlikda aybdor deb topdi. Sudda xulosa qilishlaricha, 2016 yil 29 fevralda qotil-enaga o‘zi qarayotgan 4 yoshli qizchani avvaliga, bo‘g‘ib o‘ldirgan, keyin boshini tanasidan judo qilgan. Shundan so‘ng enaga qizning oilasi ijaraga olgan uyni yoqib yuborgan. Bu orqali ularga 5,5 million rubldan ziyod miqdorda, uy egasiga esa qariyb 1,5 million rubl miqdorida moliyaviy zarar keltirgan
Просмотров (835)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar