Главная » Suriyadagi to`yda portlash yuz berib, 30 kishi halok bo`ldi, 90 kishi yaralandi
(

Suriyada kurd oilasida bo`layotgan to`yda terakt yuz berib, 30 kishi halok bo`ldi, 90 nafar odam yaralandi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

3 oktyabr kuni El-Xasake shahrida o`tkazilayotgan to`yda terrorchi-xudkush o`zini portlatib yubordi. Kuyov Suriya demokratik kuchlari jangchisi bo`lib, IShIDga qarshi faol kurashgan. Kuyov ham terakt oqibatida halok bo`lgan.

Xudkush tantanalar zalidagi mehmonlarga hujum qilgan. U avvaliga odamlarga qarata pulemyotdan o`q uzgan. Patron tugagach, portlovchi qurilmani ishga solgan.
Просмотров (75)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar