Главная » Tailandda portlash natijasida 5 harbiy xizmatchi halok bo‘ldi, 4 nafari yaralandi
(19-iyun, dushanba kuni Tailand janubidagi Pattani provinsiyasida harbiy xizmatchilar o‘tirgan avtomobil portlashi natijasida besh kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib, “TASS” xabar berdi.Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘l yaqiniga o‘rnatilgan portlovchi qurilma mahalliy vaqt bilan 11:45 (Toshkent vaqti bilan 09:45)da, u yerdan Tailand quruqlik qo‘shinlari harbiy xizmatchilari o‘tirgan avtomobil o‘tayotgan vaqtda ishlab ketgan.


Dastlabki versiyaga ko‘ra, hujum qirollikning ushbu hududida faoliyat olib boruvchi ekstremist ayirmachilar tomonidan tashkil qilingan bo‘lishi mumkin.

Tailand janubidagi Pattani, Yala va Naratxivat provinsiyalarida maxsus xavfsizlik rejimi amal qiladi. Bu yerda hududda mustaqil sultonlik yaratishga erishmoqchi bo‘layotgan ayirmachilar 11 yildan buyon hukumat bilan fuqarolar urushini olib bormoqda.
Просмотров (628)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar