Главная » Taniqli teleboshlovchi Nasiba Maqsudova yurak xurujidan vafot etdi
(

O‘zbekiston televideniyesi rivojiga katta hissa qo‘shgan ijodkor, taniqli suxandon, jurnalist, “MY5” telekanalidagi “Diydor shirin” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Nasiba Maqsudova 8-fevral, chorshanba kuni 68 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Muslimbek Yuldashev
Foto: Facebook / Muslimbek Yuldashev
Millionlarning sevimli suxandoni, sermahsul jurnalist, bag‘rikeng ustoz Maqsudova Nasiba Murodovna kuchli yurak xuruji oqibatida 8 fevral kuni vafot etdilar.

Muslimbek Yo‘ldoshev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

Muslimbek Yo‘ldoshevning yodga olishicha, Nasiba Maqsudovaning televideniyega ilk qadam qo‘yganiga 55 yil, suxandon lavozimiga ishga qabul qilinganiga 50 yil to‘lgan, bir necha yuzlab mualliflik ko‘rsatuvlari tayyorlab, o‘zining millionlab tomoshabinlariga ega bo‘lgan.

Avvalroq Nasiba Maqsudova Yangi yil bayrami oldidan suratga olish ishlaridan qattiq toliqqani, insultni boshdan kechirib, shifoxonaga tushgani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Nasiba Maqsudova 1948-yilda tavallud topgan. Uzoq yillar davomida O‘zbekiston milliy tederadiokompaniyasida faoliyat yuritgan. Nasiba Maqsudova “Shuhrat” medali, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibasi bo‘lgan.
Просмотров (466)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar