Главная » Technovation tanlovi o‘zbekistonlik qizlarga dasturlashni o‘rgatadi
(

O‘zbekistonda 15—18 yoshli qizlar uchun mo‘ljallangan Technovation tanlovi start oldi, deb yozadi “Nuz.uz”. O‘zbekistondan eng yaxshi jamoa sovrinlardan tashqari, San-Fransiskodagi tanlov finaliga yo‘llanmani yutib oladi.
Loyiha butun dunyodagi qizlarga tadbirkorlik va dasturlash asoslarini o‘rgatish uchun mo‘ljallangan. 2010-yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan Technovation loyihasida 78 ta davlat qatnashadi.

Har bir jamoa tarkibiga besh nafar qiz va ikki murabbiy kiradi. Guruh 12 hafta davomida har shanba kunlari 2—3 soatdan mashg‘ulot o‘tkazadi. Qizlar dasturlar yaratish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish, biznes-rejalar tuzish, videoroliklar suratga olish va boshqa foydali malakalarni o‘rganishi kerak bo‘ladi.

Mashg‘ulotlar fevraldan aprelga qadar davom etadi, 2017-yil mayida esa O‘zbekiston bo‘yicha tanlov finali o‘tkaziladi. G‘olib jamoa butunjahon tanlovida ishtirok etadi, unda o‘nta finalchi jamoa aniqlanadi. Ular Technovation’ning San-Fransiskodagi yakuniy bosqichiga yo‘l oladi.

Dasturda qatnashish bepul. U ingliz va rus tillarida olib boriladi va dasturlash bo‘yicha dastlabki bilimlarni talab qilmaydi.

Technovation.uz saytida loyihada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish va tafsilotlarni bilib olish mumkin.
Просмотров (194)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar