Главная » The Rolling Stones guruhining Las-Vegasdagi konserti Mik Jaggerning kasalligi tufayli bekor qilindi
(

The Rolling Stones guruhi Las-Vegas (Nevada shtati)dagi konsertini guruh solisti Mik Jaggerning kasalligi tufayli bekor qildi, deb xabar bermoqda “TASS
The Rolling Stones’ning 19-oktabr kuniga belgilangan konserti bekor qilinganini afsus bilan ma’lum qilamiz. Guruh solisti Mik Jagger laringit kasaliga chalindi. Shifokorlar unga ovozini asrashni tavsiya qildi”, – deyiladi guruhning rasmiy saytidagi xabarida.

Mik Jagger Twitter’dagi sahifasida kasalligi tufayli Las-Vegasda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan konsertning bekor qilinishidan afsusda ekanini ma’lum qilib, chipta sotib olgan barchadan uzr so‘radi.

The Rolling Stones guruhining Las-Vegasdagi konserti bo‘lib o‘tish-o‘tmasligi va chipta egalarining puli qaytarilish-qaytarilmasligiga aniqlik kiritilmagan.

Yarim asrlik faoliyati davomida The Rolling Stones butun dunyo bo‘ylab 250 million nusxada tarqalgan 50 ga yaqin musiqiy albomlar chiqardi.
Просмотров (58)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar