Главная » Tojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevni Prezident saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan samimiy qutladi
(

O`zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon o`rtasida 2016 yil 5 dekabr kuni telefon muloqoti bo`lib o`tdi.

Tojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishonchli g`alabasi bilan samimiy tabrikladi.

Davlat rahbarlari O`zbekiston – Tojikiston munosabatlarini mustahkamlash masalalari bo`yicha fikr almashdilar. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi dolzarb vazifalarni amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini ta`kidladilar.

O`zbekiston va Tojikiston rahbarlari o`zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo`yicha davlat va jamoat tuzilmalari, xo`jalik sub`ektlarining o`zaro muloqotlarini qo`llab-quvvatlashga kelishib oldilar.
Просмотров (313)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar