Главная » Tojikistonda mustaqillikning 25 yilligi munosabati bilan tantanali parad o'tkaziladi
(9 sentyabrda Tojikiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Dushanbeda bo'lib o'tadigan tantanali paradda 60 mingdan ko'proq odam ishtirok etadi.



"Tojikistonning bosh bayrami – davlat mustaqilligining 25 yilligiga bag'ishlangan asosiy tadbirlar Dushanbeda bo'ladi. Ertalab mamlakatning bosh maydoni "Dusti"da (Do'stlik) 16 ming askar va zobit ishtirokida harbiy parad bo'lib o'tadi, so'ngra maydon orqali 60 mingdan ko'proq dushanbeliklar o'tadi", deb aytdi mamlakat rahbari matbuot hizmati vakili. Ma`lum qilinishicha, harbiy paradda aviatsiya va harbiy tehnika ishlatilmaydi. Ertalab "Kohi Borbad" majmuasida mamlakat prezidenti Emomali Rahmon, hukumat vakillari va parlament deputatlari, Dushanbeda akkreditlangan diplomatlar va jamoatchilik ishtirokida bayram yig'ilishi bo'lib o'tadi.Yig'ilishdan keyin bayram gala-kontserti beriladi. Kechki payt Dushanbedagi respublika stadionida sahnalashtirilgan tomosha bo'lib o'tadi va u bayramona mushakbozlik bilan yakunlanadi.
Просмотров (99)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar