Главная » Toshkent jamoat avtobuslarida elektron to'lov tizimi joriy etiladi
(

Poytaxtdagi avtobuslarga elektron to'lov tizimi uskunalari 2017 yilning oxiriga qadar o'rnatilishi rejalashtirilmoqda. Toshkent shahar hokimligida «Toshshahartransxizmat» tomonidan o'tkazilgan matbuot anjumanida shu haqda ma`lum qilindi, deb yozmoqda uz24.uz sayti.

Ma`lum qilinishicha, ayni vaqtda Toshkent shahridagi jamoat transportlarida avtomatlashgan tizimni joriy etish loyihasi tayyorlanmoqda.

Avtomatlashgan tizim 2 asosiy element - smart-kartalar hamda validatorlardan iborat bo'ladi. Yo'lovchi avtobusga chiqishda kartani validatorga yaqinlashtiradi va uskuna 0,3 soniya ichida undan kerakli summani yechib oladi.
Просмотров (120)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar