Главная » Toshkent-Navoiy yo‘nalishidagi yo‘lovchi samolyot shoshilinch ortga qaytishga majbur bo‘ldi
(

Toshkent aeroportidan Navoiyga reysni amalga oshirishi kerak bo‘lgan IL-114 samolyoti zudlik bilan yana Toshkentga qaytib qo‘ngan.
Toshkent-Navoiy aviareysi 19-oktyabr kuni texnik sabablarga ko‘ra vaqtincha to‘xtatilgan. Yo‘lovchilar belgilangan mazillariga faqatgina tushdan so‘ng yetib borgan, deb xabar qildi Toshkent aeroporti matbuot-xizmati.
Aeroport vakilining xabariga muvofiq, Toshkent-Navoiy reysidagi samolyot belgilangan vaqt — 8:10da havoga ko‘tarilgan, ammo tezda ortga qaytishga majbur bo‘lgan.
Yo‘lovchilarga ushbu holat texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgani aytilgan. Yo‘lovchilar va ekipaj a’zolariga hech qanday zarar yetmagan. 15.22da layner takroran Toshkentga tomon uchgan va bu safar ko‘zlangan manziliga yetib borgan.
Parvozi kechiktirilgan samolyot 15:50da Navoiy aeroportiga yetib borib, 18:00da qaytish reysini amalga oshirgan.
Просмотров (170)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar