Главная » Toshkent rossiyalik sayyohlar orasida MDHdagi qiziqish yuqori shaharlar o'nligida qayd etildi
(Rossiyalik sayyohlarning O'zbekiston poytahti Toshkent shahriga qiziqishi darajasi oshmoqda.Rossiyadagi «RoomGuru.ru» sayyohlik servisi 2016 yilda rossiyalik sayyohlar orasida MDH mamlakatlarining eng ommabop bo'lgan shaharlarini aniqladi. Mazkur reytingda Toshkent shahri 7-o'rinda qayd etilgan.



Reyting sayyohlik servisi ekpertlari tomonidan 2016 yilning birinchi yarimida (1 yanvardan 31 iyulgacha bo'lgan vaqt oralig'i) mehmonhonalarning bron' qilinishi bo'yicha ma`lumotlar asosida tuzilgan.Belarus' poytahti Minsk shahri rossiyalik sayyohlar orasida MDH mamlakatlarining eng ommabop shahri ekani ma`lum bo'ldi. O'ntalikda shuningdek, Olmaota, Boku, Ostona, Yerevan, KiYev, Bishkek, Vitebsk va Kishinyov shaharlari joy olgan.MDHdagi shaharlar orasida eng qimmat shahar - Ostona hisoblanadi. Qozog'iston poytahtida mehmonhonalar narhi 3,5 ming rublni tashkil qiladi. Eng arzon shahar esa Qirg'iziston poytahti Beshkek. Bu shaharda mehmonhonalar uchun o'rtacha narh – 1900 rubl'.
Просмотров (100)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar