Главная » Toshkent shahar hokimi farmoyishiga muvofiq “qovurdoq”, “challar” va “quda chaqirish” marosimlari bekor qilindi
(

Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov poytaxtdagi to‘y va ma’rakalarni ixchamlashtirishga kirishdi, deb xabar berdi “1news.uz”.

Shahar hokimi farmoyishi bilan tasdiqlangan tartibnomaga ko‘ra, endilikda o‘tkaziladigan tadbirlarda diniy mavzudagi ma’ruza ko‘zda tutilgan bo‘lsa, faqat din sohasi vakili, imom-xatib tomonidan ma’ruza qilinishi shart qilib belgilandi.

Yangi tartibga muvofiq, FHDYo idoralari tomonidan nikohlanuvchi yoshlar ariza topshirish vaqtida yashash joylaridan, mahallalardan ma’lumotnoma olish talab qilinadi. Nikoh faqat ro‘yxatdan o‘tgan imom-xatib tomonidan o‘qiladi.

Endilikda nikoh to‘ylarida xonadonlardan odob-ahloq qoidalariga, sahna madaniyatiga va tashqi ko‘rinish madaniyatiga qat’iy rioya etilishi ham talab qilingan.

Yangi tartibda kelinlarga qimmatbaho chet el mebellari, gilamlar va boshqa jihozlarning bo‘lg‘usi qaynonalar tomonidan talab qilishiga chek qo‘yilgan.

Shuningdek, sepga kelinlik odobi, kuyovning oilaviy o‘rni haqidagi adabiyotlardan qo‘shish so‘ralgan. Qiz tomoni beradigan oshni faqat yaqin qarindoshlar (200 kishidan oshirmaslik) o‘rtasida o‘tkazish talab qilingan.

Yangi tartibga muvofiq “qovurdoq”, “challar” va “quda chaqirish” marosimlari bekor qilingan.

Muchal to‘yi va aqiqa marosimini o‘tkazmaslik so‘ralgan.
Просмотров (85)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar