Главная » Toshkentda dahshatli YTH yuz berdi
(

Bugun, 27 oktabr kuni Facebook tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida dahshatli YTH sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi.

Toshkent-Yangiyo‘l trassasida oq rangdagi Spark avtomobili yo‘l chetidagi simyog‘ochga borib urilgan. Aniqrog‘i, suratda ko‘rinib turganidek, qattiq zarbdan ustun Spark avtomobili o‘rtasigacha kirib qolgan.

Ushbu baxtsiz hodisa qanday yuz bergani ko‘pchilikni o‘ylantiryapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashina holati ayanchli bo‘lishiga qaramay, haydovchi omon qolgan. Voqea joyiga zudlik bilan tez yordam hamda YoPX xodimlari yetib kelgan. Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Saytimizni kuzatib boring, ushbu voqea haqida batafsil ma’lumot berishga harakat qilamiz
Просмотров (410)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar