Главная » Toshkentda Nexia oldidagi Captiva’ga borib urildi, Captiva esa Lexus yo‘ltanlamasi bilan to‘qnashdi (foto)
(

Toshkentning Muqimiy ko‘chasida 19-yanvar, payshanba kuni uch avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Telegram’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida fotoxabar qoldirilgan.

Xabar berishlaricha, Nexia avtomobili katta tezlikda Captiva’ga kelib urilgan, o‘z navbatida, orqadan kelgan zarb oqibatida Captiva oldida turgan va qarama-qarshi qatnov qismiga qayrilib olishga tayyorlanayotgan Lexus yo‘ltanlamasi bilan to‘qnashgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar bor. Voqea joyiga tez tibbiy yordam guruhi chaqirilgan.
Просмотров (382)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar