Главная » Toshkentdagi do`konlardan birida “ezgulik” peshtaxtasi paydo bo`ldi
(Toshkentning Aviasozlar bozori qarshisida joylashgan «Lukoshko» do`koniga tashrif buyuruvchilar qiziqarli yangilik — «ezgulik» peshtaxtasini uchratishi mumkin. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.



“Agar bugun egulik xarid qilish imkoniyatingiz bo`lmasa, ushbu peshtaxtadagi mahsulotlarni tekinga oling. Agar biror muhtoj kishiga yordam berish istagingiz bo`lsa, mahsulotlarning qiymatini to`lab, ularni mazkur peshtaxtada qoldirishingiz mumkin”, — deb yozilgan mahsulotlar peshtaxtasi yuqorisidagi e`longa.

Do`kon direktorining ma`lum qilishicha, bu xayrli tashabbusni xaridorlar ko`tarinki ruh bilan qarshi olgan. Peshtaxta juda kam holatlarda bo`shab qoladi. Uni eng zarur mahsulotlar — non mahsulotlari, yormalar, shakar, konserva va boshqa mahsulotlar bilan to`ldirib turuvchi kishilar doim topilmoqda.

Savdo markaziga tashrif buyuruvchi pensionerlar ko`pincha eguliklarni tekinga olishga tortinadi. Shunda do`kon xodimlari ularga ko`ngilli xaridorlar shunchaki yordam berishni istayotganligini tushuntirmoqda.
Просмотров (136)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar