Главная » Toshkentdagi transformator nimstansiyasida kuchli yong‘in ro‘y berdi
(

19-noyabr, shanba kuni Toshkentdagi Usta Shirin ko‘chasida joylashgan transformator nimstansiyasida kuchli yong‘in yuz berdi, buning oqibatida Yunusobod va Olmazor tumanlarining ayrim dahalari elektr quvvatisiz qoldi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Voqea joyidan olingan suratlar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

Nashrning Toshkent hokimiyatidagi dispetcherlik xizmatiga asoslanib yozishicha, yong‘in qisqa vaqtda o‘chirildi.

“Mutaxassislar ushbu tumanlarda yashovchi aholining uyiga elektrni qaytarish uchun barcha ishni qilmoqda. Bu yaqin 2 soat ichida amalga oshadi deb o‘ylayman”, — deb ta’kidladi nashrning suhbatdoshi.

Yong‘inning sabablari hozircha noma’lum.
Просмотров (63)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar