Главная » Toshkentdagi YTHda Nissan Altima “Moskvich”ning ustiga chiqib ketdi (foto)
(

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasida 17-dekabr, shanba kuni Nissan Altima avtomobili ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Hodisa suratlari Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta (Drivers.uz)” guruhida e’lon qilingan.
Suratlarda Nissan Altima yo‘l yoqasidagi “Moskvich”ning ustiga orqamacha chiqib ketganini ko‘rish mumkin. Birinchi qarashda YTH qanday yuz berganini anglash qiyin
“Hodisa ko‘z oldimda yuz berdi. Mashinalar piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagan edi, Altima bo‘lsa o‘ng tomondan quvib o‘tishni boshladi va betonga urildi, bir ayolni urib yubordi va o‘zi uchib borib ‘Moskvich’ning ustiga tushdi”, — deb yozadi hodisa guvohlaridan biri.
Qo‘shimcha qilishlaricha, Nissan Altima urib yuborgan ayol tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan. “Ayol, ko‘rinishidan, tirik edi”, — deb yozadi hodisa guvohi; ayolning hozirgi ahvoli noma’lum.
Просмотров (432)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar