Главная » Toshkentning ba’zi tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
(

“Suvsoz” davlat unitar korxonasi 26-yanvar soat 05.00 dan 28-yanvar soat 05.00 gacha Toshkent shahrining ayrim tumanlarida ichimlik suvi bosimining pasayishi va bo‘lmasligini ma’lum qildi, deb yozadi UZ24.
Xabarga ko‘ra, Bog‘ishamol va Yangishahar ko‘chalari oralig‘ida yangi avtoyo‘l hamda Bo‘zsuv kanali bilan kesishgan joyda ko‘prik qurilishi sababli, Bo‘zsuv bosh suv inshooti hududida diametri 1200 mm suv tarmog‘ini qayta qurish va ulash ishlari olib borilmoqda.

Quyidagi hududlarda suv bo‘lmaydi:

Olmazor tumani bo‘yicha: B-1 mavzesidagi Chustiy mahallasi, B-3 mavzesidagi Alisher Navoiy mahallasi. Markaz 17, 18 mavzesidagi Sebzor, Yangi Sebzor, Taxtapul mahallalarida. Beruniy maydoni, Xoncharbog‘, Aloqa, Farobiy, Chimboy-2, Qorasaroy, Guzarboshi, Qo‘shtut, Allon, Eski Shahar, Qumloq, Hofiz Kuhakiy, Abu Bakr, Istiqlol mahallalarida. Abdulla Qodiriy ko‘chasi Sebzor ko‘chasidan Farobiy Chig‘atoy darvozasigacha, Farobiy, Mirzo G‘olib ko‘chalarida, Beruniy ko‘chasidagi Non ishlab chiqarish zavodida, Talabalar shaharchasida.

Shayxontohur tumani bo‘yicha: Markaz 26, 27, 28 mavzelaridagi Gulobod, Bog‘ko‘cha, Sarxumdon mahallalarida. Qoratosh, Chaqar, Chorsu, Yangi Kamolon, Huvaydo, Gulbozor, Suzukota, Islomobod, Oqilon, Shofayz, Yangishahar, Obinazir, Koxota, O‘zbekiston, Taxtapul, Katta Hovuz mahallalarida. 1-Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasida, Navoiy ko‘chasi Samarqand Darvoza ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha, Samarqand Darvoza ko‘chasi Navoiy ko‘chasidan Termiz ko‘chasigacha, 1-Shahar klinik shifoxonasi va tug‘uruqxonasida, Toshkent Davlat Sirkida, Chorsu bozorida, JAR sport kompleksida, Abror Hidoyatov nomidagi va Milliy Akademik Drama Teatrlarida.

Yunusobod tumani bo‘yicha: Jomiy mahallasi, Naqshbandiy, Mukaramma Turg‘unboyeva, Mirtemir, Taxtapul darvozasi, Bog‘cha ko‘chalarida. Bog‘iravon, Gulg‘uncha, Avaz O‘tar tor ko‘chalari bilan Bo‘zsuv mahallasidagi Bog‘ishamol 2, 2a ko‘p qavatli uylarida, Ming O‘rik 1, 2-tor ko‘chalarida. Obod mahallasidagi Namangan, Bog‘ishamol, Qizilqo‘rg‘on, O‘rtasaroy, Mashinasozlar, Gulbog‘ ko‘chalarida, Chamanzor ko‘chasi tor ko‘chalari bilan.

Quyidagi hududlarda suv bosimi pasayadi:

Olmazor tumani bo‘yicha: Bobojonova, Nodira ko‘chalarida.

Shayxontohur tumani bo‘yicha: Markaz-15, Beshyog‘och mavzesida, Koxota mahallasida, 3-Tuman Issiqlik Qozonxonasida.

Yunusobod tumani bo‘yicha: 4-Tuman Issiqlik Qozonxonasida.

Uchtepa tumani bo‘yicha: 5-Tuman Issiqlik qozonxonsida, Shayxzoda, Farhod, Qurilish ko‘chalarida, Lutfiy ko‘chasi Farhod ko‘chasidan Xirmontepa ko‘chasigacha, Xirmontepa ko‘chasi Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasigacha.

Suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.
Просмотров (100)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar