Главная » TPS’dan “Mustaqillik kuni” internet-tarifi
(Mustaqillik kuni — O‘zbekistonning zamonaviy tarixidagi eng unutilmas, eng qutlug‘ sana. Mazkur milliy bayramda bir-birini qutlash, bir-biriga tabrik yo‘llash — eng yaxshi an’analardan. Mustaqillikning 25 yilligi arafasida esa bu an’analarning qadri, qimmati yanada oshadi.



TPS kompaniyasi barcha o‘zbekistonliklarni eng asosiy davlat bayrami bilan qutlab, barcha yangi abonentlar uchun “25” shiori ostida aksiya boshlanganini ma’lum qiladi.

Aksiya davomida yangi abonentlar xamyonbop narxlarda yanada ko‘proq trafik va kattaroq tezlikdagi internetni taqdim etuvchi yangi “25” va “25+” tarif rejalariga ulanishi mumkin bo‘ladi. Aksiya 25 kun (22-avgustdan 19-sentabrga qadar) davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida davom etadi.

Tarif imkoniyatlari:

Trafik — 25 000 megabayt;
Internet tarmog‘iga ulanish tezligi — 2,5 Mbit/s;
Narxi — $25 (Markaziy bankning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha).
Aksiya haqida batafsil ma’lumotni kompaniyaning sayti — www.tps.uz’da olish mumkin.

Shartlari qulay, trafik hajmi katta va narxi xamyonbop tariflar kompaniyaning yagona ustunligi emas. TPS o‘zining “Ota-ona nazorati” nomli, yaqinlaringizni tarmoqdagi xavflardan saqlash imkonini beruvchi innovatsion xizmati, “SMS/Email bildirishnoma” elektron ko‘makchisi hamda har kuni eng yangi serial va filmlar bilan yangilanib turuvchi va kompaniyaning barcha abonentlari uchun foydalanish bepul bo‘lgan eng mashhur saytlarlar biri — www.player.uz servislari bilan ham tanilgan.

— Biz mijozlarimizni juda qadrlaymiz, shu sababli ham abonentlarga ularning ehtiyojlarini to‘la qondira oladigan eng qiziqarli yechimlarni taklif qilishga har vaqt intilamiz. Yangi tarif rejalari ajoyib bayram va tarixiy sana — Vatanimiz O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab ishlab chiqilgan. Mazkur sana munosabati bilan biz barcha o‘zbekistonliklarni qutlab, juda maftunkor shartlar asosida internetga ulanish imkonini beruvchi “25” aksiyasini o‘tkazishga qaror qildik, — dedi TPS’ning ommaviy xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Vitaliy Pak.

Kompaniya haqida

TPS kompaniyasi (“Texnoprosistem” MChJ) O‘zbekiston telekommunikatsiyalar xizmati bozoridagi o‘sib borayotgan talabni qondirish maqsadida 1999-yili internet-provayder sifatida ish boshlagan. Ishga innovatsion yondashuv, yangi texnologiyalarni qo‘llash, rivojlanishning barqarorligi, oqilona marketing siyosati kompaniyani yetakchim axborot uzatish tarmog‘i operatorlaridan biriga aylantirdi. Bugungi kunda TPS taniqli internet-provayderlardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston internet-bozoridagi 17 yillik faoliyat davomida TPS kompaniyasi eng yuqori darajada xizmat ko‘rsatish uchun katta tajriba va texnik baza to‘plagan.

TPS – Sizning internet provayderingiz!

Batafsil ma’lumot uchun 150-00-00 telefon raqamiga yoki www.tps.uz saytiga murojaat qiling.
Просмотров (109)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar