Главная » Tramp Eronni birinchi raqamli terroristik mamlakat deb atadi
(

AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Eronni birinchi raqamli terrorristik mamlakat, deb atadi, deya xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Shu bilan birga Oq uyning yangi rahbari Tehronga harbiy hujum uyushtirish niyati yo`qligini ham aytib o`tdi. Trampning fikricha, Eron AQSh hukumatini umuman hurmat qilmaydi. “Axir Eron birinchi raqamli terroristik davlat, u barcha mablag`ini qurol-yaroqqa sarflaydi, ammo shunga qaramay, AQSh hukumati Eronga qarshi harbiy kuch ishlatish fikridan yiroq”, deb ta`kidladi Tramp.

Bundan tashqari, Donald Tramp sobiq prezident Barak Obamani Eron bilan bitim tuzganlikda aybladi.

Eslatib o`tamiz, Donald Tramp yanvar oyining so`nggida AQShga etti musulmon mamlakati, shu jumladan Eron fuqarolarini kiritmaslik to`g`risida farmon chiqargan edi. Ammo Sietl federal sudyasi Jeyms Robart prezident farmoni ijrosini ta`minlashni vaqtincha to`xtatdi. Tramp bu harakatni “kulgili holat” deb izohladi.
Просмотров (63)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar