Главная » Tramp nomzodiga qarshi bo`lgan mashhurlarni mamlakatdan “haydab chiqarmoqda”
(

Los-Anjeles ko`chalarida mashhurlarning uy-joyi sotilayotgani haqidagi turli qalbaki e`lonlar paydo bo`ldi, deb xabar berdi “Regnum.ru” nashri.

Xonanda Sher, aktrisa Barbara Streyzand, Sting va boshqa mashhurlar agar AQSh prezidentligiga Donald Tramp saylanadigan bo`lsa, AQShdagi ko`chmas mulklarini, uy-joylarini sotib, Kanadaga ko`chib ketishga ahd qilgan. Kaliforniya shtatining Los-Anjeles shahri ko`chalarida 6 noyabr kuni shu mazmunda yozilgan turli yolg`on e`lonlar paydo bo`ldi.

Bunday plakatlar yozilgan e`lonlarni ko`cha rassomi Sabo tayyorlab bergan. Unda uy-joylarini sotayotgan mashhurlarning yonida Tramp ko`chmas mulk agenti qilib tasvirlangan.

“Mabodo AQSh prezidentligiga Donald Tramp saylanadigan bo`lsa, Gollivud yulduzlarining teng yarmi Kanadaga ko`chib ketadi”, deb suratlarga izoh berdi Sabo.

Bunday mazmundagi e`lonlar binolar peshtoqiga, xiyobonlardagi o`rindiqlarga, omma e`tiborini tortadigan joylarga ilingan.
Просмотров (272)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar