Главная » Ukrainada “Evrovidenie-2017” musiqali tanloviga chipta sotish kechiktirildi
(

Ukrainada “Evrovidenie-2017” musiqa tanloviga chipta sotish ortga surildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

6 fevral kuni Ukraina milliy ijtimoiy teleradiokompaniyasi “Evrovidenie-2017” qo`shiq tanloviga chipta sotish xizmati”ning chipta sotish jarayonini bekor qildi. Ularning bunday qarorga kelishiga chipta sotish ishlari bo`yicha antimonopol qo`mitasi harakatdagi kollegiyasi ma`muriyatining qarori sabab bo`ldi.

Ukraina milliy ijtimoiy teleradiokompaniyasi bosh direktori o`rinbosari Pavel Grisak norozi bo`lsa-da, antimonopol qo`mitaning qarorini bajarishga majburligini ma`lum qildi. “Ertaroq chiptalarni sotish maqsadida mazkur vaziyatdan chiqish yo`llarini qidirmoqdamiz”, dedi u. “Evrovideniya” musiqali tanlovining ijrochi direktori Yun Ula Sann chiptalarning sotilishi kechiktirilganidan ular ham xafa ekanligini, noqulay vaziyatdan chiqish uchun ular ham harakat qilayotganini ta`kidladi.
Просмотров (95)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar