Главная » Ulug`bek Rahmatullaevning konsertiga chiptalar 700 ming so`mgacha sotilmoqda
(

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev shu kunlarda “Istiqlol” san`at saroyida o`zining “Qirmizi olma” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etmoqda.

Ajablanarli tomoni shundaki, xonanda konsertini 5 kun davomida taqdim etayotganiga qaramay muxlislarga chipta etmayapti. Xonandaning ma`lum qilishicha, chipta so`rab muxlislar hatto uning uyigacha borishmoqda.

Ayni damda kassa tashqarisida, ya`ni “qo`lga chiqib ketgan” chiptalar 700 minggacha sotilmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, xonandaning har kunga konsert dasturiga chet davlatlardan ham mehmonlar tashrif buyurishmoqda.

Bu yilgi konsert dasturida Rahmatullaev 11 ta yangi tarona ijro etdi.
Просмотров (95)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar