Главная » Ulug‘bek Rahmatullayev chipta narxi 700 mingga ko‘tarilgani uchun muxlislardan uzr so‘radi
(

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullayev shu kunlarda “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining “Qirmizi olma” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etayotganidan xabaringiz bor.
Darakchi.uz nashri mazkur konsertga chipta naxlari o‘ta yuqori, xususan “qo‘lda” 700 minggacha sotilayotgani haqida xabar berdi.
Shu sabab xonanda muxlislaridan kechirim so‘radi:
“Muxlislarimni o‘ylab, har yili chipta narxini imkon boricha arzon qilamiz. Lekin chiptalar narxi ko‘chada 2-3 baravar ko‘tarilib ketibdi. To‘g‘risi bunday narxni eshitib, o‘zim ham xayron qoldim. Axir hammani sharoiti har xil. Lekin bu mening qo‘limda emas. Kelasi yili yana ko‘proq konsert kunlarini qo‘shamiz. Balki shunda chiptalar narxi unchalik qimmat bo‘lib ketmas. Ming bor uzr”,—deb yozadi xonanda Instagram`dagi sahifasida.
Просмотров (178)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar