Главная » Ulug‘bek Rahmatullayev “Xizmat ko‘rsatgan artist” bo‘ldi, Manzuraga esa “Shuhrat” medali berildi
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirdi.



Unga ko‘ra, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi Rahmatullayev Ulug‘bek Ibragimovichga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni berildi.

Bundan tashqari, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining boshqa xonandalari — Atamuhamedov Akbar Hamidovich, Raimjonov Mashhurbek Mamadaliyevich va Yo‘ldosheva Manzura Muborakovna “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Просмотров (131)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar