Главная » UMS kompaniyasi chiroyli raqamlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
(

Dekabr – har bir inson uchun katta hayajon og‘ushida Yangi yilni intizorlik bilan kutiladigan fursat. Bu oyda har birimiz sehrli bayramni munosib qarshi olish orzusida sovg‘alar hamda o‘ziga xos g‘oyalar izlaymiz. Qiziqarli, oson eslab qolinadigan va ramziy kombinatsiyalarga ega chiroyli raqamlar butun oila a’zolari va do‘stlarga berilish mumkin bo‘lgan tuhfalar sirasiga kiradi.

Mazkur yilning 1-dekabr kuni O‘zbekiston mobil aloqa bozorida faoliyatining ikki yilligini nishonlagan UMS mobil operatori o‘z abonentlariga ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda. 5-dekabrdan 31-dekabrgacha ular Bronze va Silver chiroyli raqamlarini ikki baravar arzonroq xarid qilishlari mumkin!
“Yarim narxiga chiroyli raqam” aksiyasi o‘tkazilayotgan davr mobaynida Bronze toifasidagi raqamlarni o‘z ichiga olgan SIM-kartalar narxi 100 dollardan 50 dollarga, Silver toifasidagilari esa 500 dollardan 250 dollarga tushirilgan. To‘lovlar O‘zbekiston Markaziy banki kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.

Aksiya butun respublikani qamrab olgan bo‘lib, unda ishtirok etish uchun kompaniyaga qarashli ofislar va tijorat vakillari savdo punktlariga murojaat etish kerak. Chiroyli raqamlarni ikki baravar arzon olish uchun quyidagi tariflardan biriga ulanish lozim: jismoniy shaxslar uchun – “777”, “Maxi New”, “Ultra”, “Absolut” yoki korporativ mijozlar uchun “Corporate”, “Corporate Maxi”, “Corporate VIP”.

“Chiroyli raqam insonga o‘z mavqeini namoyon qilishga imkon yaratadi, telefon suhbatlari ijobiy ruhda boshlanishini ta’minlaydi. Korporativ mijozlar uchun esa chiroyli raqam alohida ahamiyatga ega bo‘lib, samarali biznes yuritish va obro‘-e’tibor qozonishning muhim omilidir. Bularning barchasini inobatga olgan holda, UMS mobil operatori o‘z abonentlariga katta chegirmalar bilan chiroyli raqamlarni xarid qilish uchun imkoniyat yaratdi”, – deya, ta’kidlaydi UMS tijorat direktori Sayyodjon Matkarimov.

Aytib o‘tish joizki, “Yarim narxiga chiroyli raqam” aksiyasi UMS’ning mazkur yilda amalga oshirayotgan strategiyasi bilan hamnafasdir. Xususan, oxirgi bir necha oyning o‘zidayoq kompaniya turli xil abonentlar guruhlarining o‘ziga xosligini inobatga olgan holda, bir qator yangi qulay tarif va xizmatlarni joriy qildi. Yaqindagina abonentlar e’tiboriga taqdim etilgan “777” tarif rejasi ham bunga yorqin misol bo‘la oladi. Uning nomi va shartlari omad keltirishiga ishonilgan 7 raqamlari yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Oylik 10 dollar abonent to‘lovi evaziga ushbu tarif rejasi doirasida O‘zbekiston bo‘yicha 777 daqiqa, 777 megabayt va 777 SMS beriladi. Shuningdek, abonentlar kompaniyaning “Super 0” xizmati bilan tarmoq ichida mutlaqo bepul suhbatlashishlari mumkin.

“Yarim narxiga chiroyli raqam” aksiyasi va kompaniyaning tarif rejalari bo‘yicha batafsil ma’lumot bilan www.ums.uz saytida tanishib chiqish mumkin.
Просмотров (416)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar