Главная » UMS O`zbekistondagi faoliyatini to`xtatishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
(Kecha, 4 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali UMS aloqa operatorining O`zbekistondagi faoliyati to`xtatilishi haqida mish-mishlar paydo bo`ldi.



Kompaniya o`z rasmiy sayti orqali mazkur mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Universal Mobile Systems" Mas`uliyati cheklangan jamiyati o`z faoliyatini 2029 yil yakunigacha berilgan uyali aloqa xizmatlarini ko`rsatish lisenziyasi asosida olib bormoqda.

Kompaniya mobil operatorning barcha xizmat va servislarini ko`rsatmoqda, yangi abonentlarni ulash va amaldagi mijozlarga xizmat ko`rsatish ishlarini amalga oshirmoqda.

Salmoqli salohiyatga ega UMS uzoq muddatli rivojlanish rejalarini barcha yo`nalishlar bo`yicha tatbiq etishni davom ettiradi va o`z mijozlarining ehtiyojlarini qondirishga alohida e`tibor qaratadi.
Просмотров (147)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar