Главная » Useyn Bolt termadagi sherigidan doping topilgani sabab Olimpiada oltinidan ayrildi
(

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2008-yilgi Pekin Olimpiadasining 4×100 estafeta poygalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Yamayka terma jamoasini diskvalifikatsiya qildi.
Meduza’ning yozishicha, mazkur qaror jamoa a’zolaridan biri, yuguruvchi Nesta Karter taqiqlangan moddalarni iste’mol qilgani aniqlanganidan so‘ng qabul qilingan.

Jamoaning diskvalifikatsiyasi sabab, mazkur estafetada qatnashgan jahon rekordchisi Useyn Bolt ham o‘z medalidan mahrum bo‘ldi. O‘sha poyga yakuniga ko‘ra, yamaykalik yuguruvchilar jahon rekordini o‘rnatgan edi.

Karterdan tashqari, rossiyalik sakrovchi Tatyana Lebedeva ham doping qabul qilganlikda aybdor deb topilgan. U 2008-yilgi Olimpiadada qo‘lga kiritgan ikkita kumush medalidan ayrilgan.

Avvalroq Jahon antidoping agentligi (WADA) tekshiruv o‘tkazib, rossiyalik sportchilarni muntazam ravishda doping qabul qilishda ayblab chiqqan edi. Yengil atletika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi esa Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan 2016-yilgi Olimpiadadan chetlatilgan edi.
Просмотров (108)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar