Главная » Uyda yolg'iz” filmidagi yovuz Marv roli ijrochisi 26 yil o'tib, o'zining afsonaviy qichqirig'ini takrorladi
(Uyda yolg'iz” filmidagi yovuz Marv roli orqali tanilgan aktyor Deniel Styern o'z uyida o'rgimchakni ko'rib, o'zining afsonaviy qichqirig'ini takrorladi. Bu haqida Hollywood Reporter nashri ma'lum qildi.



“Dam olish kunida meni eski “do'stim” yo'qladi”, - deya izoh byerdi Styern. Aktyor o'rgimchak solingan chelakni qog'oz bilan yopib, uni to'ntarib qo'ydi. “Keling, endi uning ichiga nazar solamiz”, - deydi u kamyeraga katta o'rgimchakni ko'rsatib. “Xuddi kinodagidek, shunday emasmi?”, - deya kuldi Styern o'ziga xos bo'lgan dahshatli qichqiriq bilan. “Uyda yolg'iz” filmidagi tarantul sahnasi haqiqiy bo'lgan, bu qichqiriq studiyada yozilmagan. “Men film ijodkorlaridan “qichqirig'im tarantulni cho'chitib yubormaydimi” deya so'raganimda, ular menga o'rgimchaklarning eshitmasligini aytishdi. Men bu filmga juda sodiq bo'lganman va har bir ijroimning haqqoniy chiqishini istaganman”, - deydi aktyor.
Просмотров (108)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar