Главная » Uzbekistan Airways samolyoti dvigateldagi muammo tufayli Pulkovo aeroportiga qayta qo'ndi
(Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Boeing-757 rusumli samolyoti Sankt-Peterburgdagi Pulkovo aeroportiga avariyaviy qo'nishni amalga oshirdi.



RIA Novosti agentligi habariga ko'ra, Sankt-Peterburgdan Farg'onaga yo'l olgan samolyotning dvigateli ishdan chiqqan. Samolyot kapitani nosozlikni aniqlab, Pulkovo aeroportiga qaytishga qaror qildi va 9 marta aeroport ustida aylanib favqulodda qo'nishni amalga oshirdi.Samolyot bortida 179 kishi bo'lgan. Guvohlarning aytishicha, samolyot havoga ko'tarilganida qattiq ovoz eshitilgan."Soat 16:32da samolyot aeroportga qayta qo'ndi", deyilgan manbada.Samolyot yoqilg'ini sarflab yuborish uchun qo'nishni kutish hududida ma`lum vaqt uchib yurishiga to'g'ri kelgan. So'ngra u aeroportga beshikast qo'ngan. Yo'lovchilardan hech kim jabrlanmagan.
Просмотров (137)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar