Главная » UzGazOil shoxobchalarining nomi Uzbekneftgaz deb o‘zgartirilmoqda. Kompaniya “O‘zneftmahsulot”ning bir qismiga aylandi
(

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 9-fevral kuni qabul qilingan “O‘zneftmahsulot” kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” xoldingi UzGazOil’ni qayta tashkil etish yo‘li bilan uni “O‘zneftmahsulot”ga birlashtiradi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

UzGazOil’ni qayta tashkil etish vaqtida aholini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashni tashkil etish maqsadida, kompaniyaning avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobcha (AYoQSh)lari, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiya (AGTKS)lari “O‘zneftmahsulot”ning balansiga o‘tguniga qadar, UzGazOil o‘z shoxobchalari orqali neft mahsulotlari, siqilgan va suyultirilgan gaz sotishni davom ettirib turadi.

UzNews muxbirining ma’lum qilishicha, Toshkentdagi aksariyat UzGazOil shoxobchalari hozirga qadar Uzbekneftgaz deb qayta nomlanib bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab UzGazOil’ning 92 ta AYoQShi va 17 ta AGTKSi bor.
Просмотров (62)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar