Главная » UzReport TV” va “Milliy TV” telekanallari respublika bo‘ylab efirga chiqishni boshladi
(

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida qariyb 1500 ommaviy axborot vositalari faoliyat olib bormoqda. Albatta, ular orasida televideniye va radioning o‘rni va ahamiyati bo‘lakcha.

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ma’lumotlariga qaraganda, ayni damda O‘zbekistonda nodavlat televideniyelar soni 17 ga yetgan. Ularning har biri o‘z tomoshabiniga, auditoriyasiga ega. Shulardan biri ancha yillik tajribaga ega bo‘lgan “UzReport TV” bo‘lsa, ikkinchisi tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lmagan “Milliy TV” telekanalidir.

Bugun, 2 dekabrdan e’tiboran mazkur telekanallar butun respublika bo‘ylab efirga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Shermatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yorituvchi OAV vakillari uchun tashkil etilgan “PRESS CLUB: ELECTIONS.UZ-2016”ning 6-sessiyasida ma’lum qildi.

Sherzod Shermatov bugungi kunda O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, OAVlarda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, xususan, O‘zbekistonda elektron hukumatning yuritilishi haqida gapirib, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida elektron humumat bo‘yicha yuqori o‘rinlarni qayd etishini aytdi.
Просмотров (661)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar