Главная » Va'da qarzdir
(

Lafz, boshqacha aytilsa, til bilan byerilgan va'da insonning atrofdagilar orasida subutli yoki subutsiz ekanini belgilaydi. Agar u lafzida tursa, demak, unga tevarak atrofdagilarning ishonchi ortib boradi. Teskarisi bo'lsa, aksincha, hech kim ishonmay qo'yadi. Biroq ishonchni saqlash ham oson emas. Ba'zida bu ancha qimmatga tushishi ham mumkin. Lekin saqlay bilish kyerak. Chunki hadisi sharifda aytilgan: “Va'da qarzdir”. Bu – jiddiy gap. Biror kishiga va'da byerishdan oldin o'ylab ko'rish, keyin va'dani bajarishning harakatida bo'lish kyerak. Shunday qilinganidagina doimiy, ko'p yillik ishonch va obro'ga ega bo'lib borilavyeradi.
Dunyo tajribasiga e'tibor qiladigan bo'lsak, olamga dong'i ketgan shunday shirkatlar va kontsyernlar borki, ular bu darajadagi obro' hamda muvaffaqiyatlarga erishuvining asosiy sabablaridan biri lafzga mas'ullikdan, deb bemalol aytish mumkin. Albatta, ularning faoliyatlarida yuqorida ta'kidlab o'tilgan qoidalarning deyarli hammasini topish mumkin.Sut mahsulotlari va sharbatlar ishlab chiqaruvchi xorijiy shirkatning yurtimizdagi vakilligida ishlaydigan Nodirjon ismli yigit hikoya qilishicha, shirkat odamlari nihoyatda toza ishlaydi; nohaqlikka umuman yo'l qo'yilmaydi, kimning g'irrom yoki yolg'onchi ekani sezilib qolsa, u ishdan chetlatiladi. Qishloqlardan va mahallalardan sutni yig'ib olishga maxsus odamlar hamda xizmat mashinalari tayinlanadi; sut odamlardan qimmat narxda sotib olinadi, har bir joyning suti alohida idishga solinib, bu haqda tegishli belgi qo'yiladi. Sotib olingan sutlardan tahlil uchun ozginadan namuna olinadi va to laboratoriya natijalari chiqquncha qolgan sutning hammasi sovitgichlarda saqlanadi, bir qancha soatdan keyin tahlil natijasi tayyor bo'ladi: shunga ko'ra, agar sut yaroqli bo'lsa, ishlab chiqarishga kiritiladi, agar yaroqsiz bo'lsa, maxsus ajratilgan joyga to'kiladi; o'sha sut olingan joyning odamlari ishonchni oqlamagan hisoblanadi va boshqa ulardan sut olinmaydi. Suv ishlab chiqarish ham shu darajadagi aniqlik va halollik asosida ishlaydi. Ishlab chiqarilgan suv ham, sut ham birdaniga sotuvga chiqarilmaydi, balki katta katta qismlarga ajratilib, maxsus joylarda ma'lum bir vaqtgacha saqlanadi. Nazorat vaqti o'tib bo'lgach, har bir qism ichidan yana tahlil uchun namunalar olinadi, xuddi avvalgidek, tahlil natijasi chiqqunicha tayyor mahsulot sotuvga chiqarilmay to'xtatib turiladi. Natija ijobiy bo'lsagina, shoxobchalarga tarqatiladi. Bordi yu, tahlil natijasi salbiy bo'lsa, o'sha qism hech achinmasdan yo'q qilib tashlanadi. Ish shu bilan tugamaydi. Sotuv shoxobchalari ham nazorat qilinadi. Agar ular mahsulotni saqlash qoidasiga amal qilishmayotgani yoki narxni kelishilganidan insofsizlarcha oshirib yuborgani aniqlansa, o'sha savdo tashkiloti bilan, garchi juda ko'p mahsulot xarid qilayotgan bo'lsa ham, lafzsizligi sabab, iqtisodiy aloqa to'xtatiladi. Ana sizga lafzga mas'ullik va halollikka munosabat. E'tibor qilgan bo'lsangiz, laboratoriya natijasi salbiy bo'lganida, qanchalab pul evaziga qo'lga kiritilgan xom ashyo yoki tayyor mahsulot tashlab yuboriladi, foyda ziyonga qaramay, noinsofligi ma'lum bo'lib qolgan hamkorlar bilan aloqa butunlay uziladi. Bu xarajatlar pulga chaqib ko'rilsa, yaxshigina kamomad, yo'qotish bo'layotganini sezish qiyin emas. Lekin kim so'zda ham, ishda ham halol bo'lsa, Alloh taolo barakot ato etadi. Biz bilmaymiz, yolg'iz Uning O'zi biladi.
Просмотров (114)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar