Главная » Valensiya” muxlisi suv idishi bilan Neymar va Suaresni aniq poyladi
(

“Valensiya” futbol klubi muxlislaridan biri “Barselona”ga qarshi Ispaniya chempionati 9-tur o‘yinida golni nishonlayotgan kataloniyaliklar tomon suv idishini uloqtirib, Neymar va Luis Suaresni aniq nishonga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Uchrashuv yakunida Lionel Messi penaltidan unumli foydalanib, “Barselona”ga g‘alaba olib kelgan gol muallifi bo‘ldi. Golni nishonlash vaqtida raqib jamoa muxlisi suv idishini kataloniyaliklar tomon uloqtirdi va Neymar bilan Suaresni poyladi.

Uchrashuv “Barselona”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Messi dubl muallifiga aylandi.
Просмотров (120)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar