Главная » Vazifa va vakolatlar o`z-o`zidan o`tib qolmaydi, balki yuklatiladi
(Joriy yilning 8 sentyabrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga yuklash to`g`risidagi o`ta muhim qarorni qabul qildi.





O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni yuridik bo`limi boshlig`i o`rinbosari B.Rajabov mazkur qaror yuzasidan o`z fikrini bildirib o`tdi.

— Bugungi kunda bahsli mavzu bo`lib turgan Konstitusiyamiznig 96-moddasiga e`tibor beraylik. Unda, “O`zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o`z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi” deyilgan. E`tibor bering, vazifa va vakolatlar o`z-o`zidan avtomatik tarzda o`tib qolmaydi, balki aynan yuklatiladi.

Kim tomonidan yuklatilishi ham Konstitusiyamizning 10-modasida aniq-tiniq yozib qo`yilgan: O`zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.

Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O`zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.

Bundan kelib chiqadiki, Oliy Majlisdan boshqa hech qaysi organ xalq nomidan ish ko`rishi va tegishli vakolatlarni kimningdir zimmasiga yuklashga haqli emas. Qolaversa, Konstitusiyamizning va boshqa qonunlarimizning ko`pgina moddalari mazkur qarorning qonuniyligini kafolatlaydi.
Просмотров (103)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar