Главная » Videochilar e`tirozi: Munisa Rizaeva to`ylarda kelin-kuyovga tilak bildirishdan bosh tortmoqda!
(

So`nggi paytlarda poytaxtdagi to`yxonalarda bo`lib o`tayotgan to`ylarda bir odat urfga kirgan. Ya`ni to`yda qo`shiq kuylab bo`lib, boshqa xizmatga ketayotgan xonandadan to`ydagi videochi kelin-kuyovlarga tilak bildirishini so`raydi. Biroq ularning bu iltimoisini hamma san`atkor ham bajara olmaydi. Kelin-kuyovlarga tilak bildirishdan muntazam ravishda voz kechadigan san`atkorlar ro`yxatining birinchi o`rnida xonanda Shohruhxon turar ekan. Endi esa bu ro`yxatga Munisa Rizaeva ham qo`shilgan. Buning sababini bilish uchun “Sayyod”nashri xonanda bilan bog`landi.

“Ha, bunday holatlar ko`p uchraydi,chunki biz boshqa to`y xizmatlariga ulgurmayotgan bo`lamiz. Videochilar o`zini ishini qilyapti, biz esa o`zimizni ishimizni. Bizlarni to`ylarga qo`shiq kuylab xizmat qilishga chaqirishadi, tilaklar yo istaklar bildirib, intervyu bergani emas. Boshqa xizmatlar xam borku shu kuni, mabodo qaysidir to`yga 5 daqiqaga kech qolib ko`ringchi boshqa to`ylarga borish vaqti surilib ketadi va natijada qaysidir to`yga bora olmasligimiz mumkin. Videochilar boshqa paytni topishsin yoki navbat kutib turganimizdan foydalanishsin, aynan shoshib chiqib ketayotganimizda kelib tabrik so`rashadi. Unda yo qo`shiq aytaylik to`yda yo intervyu berib ketaylik”,—deydi Munisa Rizaeva.
Просмотров (175)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar