Главная » Vinni-Puhning yangi do'sti pingvin bo'ladi
(

Ayiqcha Vinni-Puhning yangi do'sti pingvin bo'ladi. Bu haqda The Guardian habar yozgan.Bu qahramonni yozuvchi Brayan Sibli o'ylab topgan. U ayiqcha haqidagi hikoyalar muallifi Aleksandr Alan Milnning o'g'li Kristofer Robin Miln bilan tushgan eski suratlaridan biridan ilhomlangan. Suratda Kristofer ayiqcha va pingvin bilan o'ynab o'tirganini ko'rish mumkin.

Yangi personaj Vinni-Puhning 90 yilligida yaratildi.«Puhning pingvin bilan uchrashuvi uning Susseks o'rmonida kenguru hamda yo'lbars bilan uchrashuvidan ko'ra, noodatiy bo'lmaydi», – deya izohlagan Sibli.Sibli to'rt muallifdan biri bo'lib, u «Dunyodagi eng yahshi ayiq» sikveli uchun ertak yozib berdi. Bu kitob 6 oktyabr' kuni Egmont tomonidan nashrdan chiqariladi. Bu loyihada Pol Brayt, Keyt Sonders va Jin Uillis ham ishtirok etgan.Siblining kitobi «Qish: o'rmonda pingvin paydo bo'ldi» deya nomlangan.
Просмотров (80)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar