Главная » “VKontakte” barcha foydalanuvchilarni yangi dizaynga o‘tkazdi
(16-avgustdan 17-avgustga o‘tar kechasi “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i barcha foydalanuvchilarni saytning yangi versiyasiga o‘tkazdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.



O‘tkazishning asosiy jarayoni Moskva vaqti bo‘yicha 3:30 da (Toshkent vaqti bo‘yicha 5:30) boshlandi.

“‘VKontakte’ foydalanuvchilarni o‘n yilga yaqin vaqtdan buyon xursand qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida biz saytni qulay, chiroyli va zamonaviy qilishga harakat qildik. Jamoamiz yangi dizayn ustida uzoq vaqt mehnat qildi, apreldan boshlab esa bizga birinchi foydalanuvchilar ham ko‘mak bera boshladi”, — deydi “VKontakte” jamoasi.
“VKontakte”ning yangi dizayni 1-apreldan boshlab sinovdan o‘tkazila boshlandi. Iyun oyining boshidan boshlab ilk foydalanuvchilar yangi dizaynga majburan (eski versiyaga qaytish imkoniyatisiz) o‘tkazila boshlandi.
Просмотров (111)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar