Главная » Voditeli Tashkenta” guruhida sovuqdan qiynalayotgan yo‘lovchilarni bepul eltib qo‘yuvchi ko‘ngillilar paydo bo‘ldi
(

Darakchi plyus”ning Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” (Drivers.uz) guruhiga asoslanib yozishicha, sovuq ob-havo munosabati bilan yangi trend boshlandi. Unga ko‘ra, o‘zining shaxsiy avtomashinasiga ega haydovchilar ularning yo‘nalishi bo‘yicha harakat qiluvchi yo‘lovchilarni manziliga bepul yetkazish taklifi bilan chiqqan.
Shundan keyin ko‘ngillilar soni ko‘payib, ular o‘z marshruti qaysi yo‘l va ko‘chalardan o‘tishi mumkinligi haqida yoza boshlagan. Maqsad — shu yo‘nalishda qatnaydigan, biroq sovuq kunlarda avtobusga ulgura olmay qolgan yoki taksi ushlashda qiyinchilikka duch kelayotgan yo‘lovchilarga ko‘maklashish.

“Tushunaman, avtobus kutish yoki erta tongdagi sovuqda taksi ushlash oson emas. Qolaversa, sovuqda qiynalayotgan yo‘lovchini ko‘rgan kirakashlar ham narxni istaganicha oshirishi mumkin. Bunday paytda yo‘lovchi ilojsizlikdan shunga rozi bo‘ladi”, — deb yozgan ko‘ngillilardan biri.

Boshqa bir haydovchi #spasayuLyudeyotXoloda heshtegi bilan chiqish qilib, Yakkasaroy tumanida yo‘lovchilarni manziliga bepul yetkazishi mumkinligini qayd etgan. Qo‘shimchasiga, post ostida telefon raqamini ham qoldirgan. Uning bu saxiyligidan keyinchalik 14 nafar yo‘lovchi foydalangan. Ertasi kuni haydovchi Yunusobod tumanida bu ishni davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qilgan.

Ko‘ngillilar tomonidan keyinchalik shunday postlar qoldirildi:

“5 daqiqadan keyin Lisunovadagi kinoteatr yonidan o‘taman. Halqa yo‘li bo‘ylab Yunusobodgacha bepul”.

“Medgorodokdan “Chilonzor” metrogacha, Singapur universitetiga qadar bepul eltib qo‘yishim mumkin”.

“Har ish kunida soat 8:00 va 8:30 oradig‘ida Bektemir postiga yetmasdan yo‘lga chiqib, Vestminster universitetiga qadar yuraman. Xizmat haqisiz”.

“Jismoniy tarbiya institutidan “Chilonzor” savdo markaziga qadar yuraman. Kimning yo‘li bo‘lsa, pezident trassasida soat 9:00 da uchrashishim mumkin. Ahir ko‘cha juda sovuq. Xizmat haqiga yaxshi bir latifa aytib berilsa kifoya”.

Postlarga yozilayotgan izohlardan yo‘lovchilarning saxiy haydovchilardan minnatdor ekanini tushunish qiyin emas. Ular orasida, shuningdek, odamlarning yengilini oson qilayotganlarga sihat-salomatlik va baxt tilaganlarni ham ko‘rish mumkin.
Просмотров (73)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar